Ma'naviy ishlar Archives - Department of Faculty and Hospital Surgery №1 http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/category/spiritual-work-uz Тошкент тиббиёт академияси Mon, 29 Apr 2024 07:52:52 +0000 uz-UZ hourly 1 http://surgery.med.tma.uz/wp-content/uploads/2021/08/cropped-tma-new-logo-32x32.png Ma'naviy ishlar Archives - Department of Faculty and Hospital Surgery №1 http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/category/spiritual-work-uz 32 32 Kafedramizda xalqaro aloqlar davom etmoqda http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/5202 http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/5202#respond Mon, 29 Apr 2024 07:51:30 +0000 https://surgery.med.tma.uz/?p=5202 Kafedramiz professor-o’qituvchilari Ozarbayjon respublikasi Boku shahrida Xalqaro Yevroosiyo geptogartoentrologlar va xirurglar XX kongressida ishtirok etishdi. Kongress davomida xalqaro xirurglar va gastroentrologlar bilan tajriba almashildi. Shuningdek o’quv jarayoniga oid m  asalalar muhokama qilindi     

The post Kafedramizda xalqaro aloqlar davom etmoqda appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
Kafedramiz professor-o’qituvchilari Ozarbayjon respublikasi Boku shahrida Xalqaro Yevroosiyo geptogartoentrologlar va xirurglar XX kongressida ishtirok etishdi. Kongress davomida xalqaro xirurglar va gastroentrologlar bilan tajriba almashildi. Shuningdek o’quv jarayoniga oid m  asalalar muhokama qilindi     

The post Kafedramizda xalqaro aloqlar davom etmoqda appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/5202/feed 0
Kafedramiz izlanuvchisi kafedralararo aprobatsiyadan o’tidi http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/5166 http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/5166#respond Fri, 12 Jan 2024 00:31:40 +0000 https://surgery.med.tma.uz/?p=5166 10.01.2024yilda TTА 1-sonli fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi ilmiy izlanuvchisi Dehqonov J.Q. ning «O’tkir gastroduodenal yaralardan qon ketishni tashxislash va davolashda taktik yondashuvlarni takomillashtirish» mavzusidagi  dissertatsiya ishining kafedralararo aprobatsiyasi Respublika Bolalar kam invaziv va endoskopik xirurgiya Ilmiy-amaliy markazida boʼlib oʼtdi. Аprobatsiyada kafedraning professor-oʼqituvchilari ish tirok etdilar. Muxokama vaqtida taklif va  savollar berildi. Dissertatsiya ishlari keyingi bosqichga…

The post Kafedramiz izlanuvchisi kafedralararo aprobatsiyadan o’tidi appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
10.01.2024yilda TTА 1-sonli fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi ilmiy izlanuvchisi Dehqonov J.Q. ning «O’tkir gastroduodenal yaralardan qon ketishni tashxislash va davolashda taktik yondashuvlarni takomillashtirish» mavzusidagi  dissertatsiya ishining kafedralararo aprobatsiyasi Respublika Bolalar kam invaziv va endoskopik xirurgiya Ilmiy-amaliy markazida boʼlib oʼtdi. Аprobatsiyada kafedraning professor-oʼqituvchilari ish tirok etdilar. Muxokama vaqtida taklif va  savollar berildi. Dissertatsiya ishlari keyingi bosqichga o’tishga qaror qilindi.

The post Kafedramiz izlanuvchisi kafedralararo aprobatsiyadan o’tidi appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/5166/feed 0
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI BOSH O‘QUV BINOSIDA PRESS TUR TASHKIL ETILDI http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/5138 http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/5138#respond Fri, 29 Dec 2023 04:47:55 +0000 https://surgery.med.tma.uz/?p=5138 26 dekabr kuni  OAV vakillari Toshkent tibbiyot akademiyasi bosh o‘quv binosi va bu yerdagi ilmiy salohiyat bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tadbirda kafedramiz professor-o’qituvhilari Irnazarov A.A., Imamov A.A., Beknazarov I.R, Jumanazarov A.U., Fayziyev S.I. va kafedramiz magistri Aripov Sh. lar faol ishtirok etishdi. Qayta rekonstruksiya qilingan va eng zamonaviy o‘quv va davolash uskunalari bilan jihozlangan 3000…

The post TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI BOSH O‘QUV BINOSIDA PRESS TUR TASHKIL ETILDI appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
26 dekabr kuni  OAV vakillari Toshkent tibbiyot akademiyasi bosh o‘quv binosi va bu yerdagi ilmiy salohiyat bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu tadbirda kafedramiz professor-o’qituvhilari Irnazarov A.A., Imamov A.A., Beknazarov I.R, Jumanazarov A.U., Fayziyev S.I. va kafedramiz magistri Aripov Sh. lar faol ishtirok etishdi.

Qayta rekonstruksiya qilingan va eng zamonaviy o‘quv va davolash uskunalari bilan jihozlangan 3000 nafar talabani o‘zida sig‘diradi. Binoda 8 ta kafedra, 10 ta bo‘lim, maʼmuriyat va 4 ta boshqa maishiy hududlar joylashgan. Binoda 148 ta o‘quv auditoriyalari, 10 “aqlli” maʼruza zallari, 60 nafar bolaga mo‘ljallangan bolalar bog‘chasi, 500 dan ortiq talabalarni mustaqil tayyorgarligi uchun ijtimoiy zonalar, 520 o‘ringa mo‘ljallangan ovqatlanish shoxobchasi mavjud.

Press-tur binoning birinchi qavatida joylashgan simulyatsion markaz va elektron mikroskop laboratoriyasi bilan tanishuvdan boshlandi. Simulyatsion markaz taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlariga mo‘ljallangan bo‘lib, turli klinik vaziyatlarni taqlid qiluvchi manekenlar va simulyatorlar bilan jihozlangan 10 ta o‘quv auditoriyalarni o‘z ichiga oladi. Ular shoshilinch tibbiy yordam, virtual qabulxona, reanimatsion, jarrohlik, pediatriya, akusherlik va ginekologiya, umumiy parvarishlash (muolaja xonasi, terapevtik va jarrohlik yo‘nalishlari), jarrohlik mutaxassisliklari (lor, stomatologiya, urologiya), terapevtik mutaxassisliklar hamda anʼanaviy tibbiyot o‘quv modullari va ekspert zonasidan iborat

O‘quv modullari talablarga muvofiq asosiy tibbiy va maxsus tibbiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beruvchi trenajyorlar, fantomlar, kompyuterlashtirilgan simulyatorlar bilan jihozlangan va haqiqiy tibbiy asbob-uskunalar ushbu muhitni shifoxona muhitiga imkon qadar yaqinlashtiradi. Markazda simulyatsion xonalardan tashqari 6 ta o‘quv xonasi, brifing xonalari, 1 ta multimedia uskunalari bilan jihozlangan auditoriya mavjud. Markaz bazasida bakalavriat va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim doirasidagi mashg‘ulotlar talabalar, magistrantlar va klinik ordinatorlarning ishtiyoqini oshiradi, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi, klinik fikrlash asoslarini yaratadi.

2 qavatda raqamli tibbiyot markazi imkoniyatlarini keng bo‘lib, bu yerda raqamli universitet modeli yaratilgan. Barcha virtual taʼlim texnologiyalarini o‘z ichiga olgan raqamli tibbiyot markazi hisoblanadi. Bu yerda TEST MARKAZI mavjud, unda talabalar o‘rtasida imtihon sinovlarini o‘tkazish, mustaqil tayyorgarlik ko‘rish uchun 24/7 tartibda ishlovchi 200 o‘rinli virtual kutubxona va kompyuter sinflaridan iborat.

Bundan tashqari telemeditsina yoki masofaviy tibbiyot zonasida esa talabalarga distansion tibbiyot xizmat tizimida ishlashni o‘rgatiladi. Bu yerda talaba va malakasini oshiruvchi shifokor, o‘qish va ish joyidan ajralmagan holda respublikaning uzoq hududlarida joylashgan tibbiyet muassasalari bilan tibbiy maslahat o‘tkazishni o‘rganib boradi. Chet el mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan konsiliumlar, jarrohlik amaliyoti translyatsiyasi va telemonitoring uchun kerakli materiallar tayyorlanadi.

Elektron poliklinika va statsionarda talaba elektron tizim orqali bemorni ro‘yxatdan o‘tish va elektron karta to‘ldirish, bemorlarga maslahatlar berish, ularni xolidan kundalik xabar olib turish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimida kirib kelayotgan elektron texnologiyalardan xabardor, elektron hujjatlarni yurituvchi, jarayonda tezkor va samarador ishlaydigan oilaviy shifokorni bu texnologiyalar orqali tayyorlab boriladi.

Binoda o‘rgatuvchi virtual (vr) va to‘ldirilgan reallik (ar)  yuqori texnologiyalari ham mavjud bo‘lib, bu ayniqsa birinchi kurs talabalarini tibbiyot fanlariga qiziqishini oshirishga, ularni turli maʼlumotlarni vizual va interfaol tarzda qabul qilishiga yordam beradi.

Binoning 7-qavatida biotibbiyot texnologiyalari markazi yaratilgan bo‘lib, u yerda tibbiy genetika, hujayra texnologiyalari, immunologiya, elektron mikroskopiya, farmakotoksikologiya, ekologiya laboratoriyalari faoliyat yuritmoqda.
8-qavatida raqamlashtirilgan Axborot resurs markazi (ARM) joylashgan bo‘lib, markaz akademiyaning o‘quv, ilmiy maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarini axborot resurslari bilan taʼminlovchi ziyo maskanidir. Akademiya tomonidan Research4life granti qo‘lga kiritilib, jami qiymati 7 500 000 AQSH $ bo‘lgan ilmiy adabiyotlarga. Jahondagi 125 ta davlatlardagi kutubxonalari va tibbiyot jurnallaridan foydalanishga ruxsat berilgan.

The post TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI BOSH O‘QUV BINOSIDA PRESS TUR TASHKIL ETILDI appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/5138/feed 0
KONSTITUTSIYA — FAROVON HAYOTIMIZ http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4930 http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4930#respond Tue, 12 Dec 2023 18:26:26 +0000 http://surgery.med.tma.uz/?p=4930 «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi”. Bizning kafedramizda 8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni keng miqyosda nishonlandi. Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha mas’ul Xalikov S.P. tomonidan tayyorlangan taqdimot kafedramiz jamoasi, yosh olimlar va TTA klinikasi xodimlariga yetkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti…

The post KONSTITUTSIYA — FAROVON HAYOTIMIZ appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
«Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi”.

Bizning kafedramizda 8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni keng miqyosda nishonlandi. Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha mas’ul Xalikov S.P. tomonidan tayyorlangan taqdimot kafedramiz jamoasi, yosh olimlar va TTA klinikasi xodimlariga yetkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil, 16-noyabr “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishidan.

2023- yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizni yoqlab ovoz berdi.

Bosh qomusimizda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlariga oid qonuniy asoslar o‘z aksini topgan.

Konsitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko’lamli islohatlarni amalga oshirishning kafolatidir.

 

The post KONSTITUTSIYA — FAROVON HAYOTIMIZ appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4930/feed 0
Shifokorlar har davrning qahramoni http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4315 http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4315#respond Sun, 12 Nov 2023 15:05:52 +0000 http://surgery.med.tma.uz/?p=4315 Shifokor. Bu kasb egalarining portretini chizish nihoyatda murakkab. Ular xalq salomatligining posbonlari hisoblanadi. Bemorlarga nafaqat shifo, balki yaxshi so‘z bilan jon baxsh etuvchi najotkor, tunu kun el xizmatidagi fidoyi insonlardir. Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlab kelinadi.       Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash sohasi xodimlariga Hurmatli tibbiyot xodimlari! Аvvalo,…

The post Shifokorlar har davrning qahramoni appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
Shifokor. Bu kasb egalarining portretini chizish nihoyatda murakkab. Ular xalq salomatligining posbonlari hisoblanadi. Bemorlarga nafaqat shifo, balki yaxshi so‘z bilan jon baxsh etuvchi najotkor, tunu kun el xizmatidagi fidoyi insonlardir.
Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlab kelinadi.

 

 

 

Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash sohasi xodimlariga

Hurmatli tibbiyot xodimlari!

Аvvalo, oʼz hayotini el-yurt salomatligini asrashdek olijanob ishga bagʼishlab kelayotgan siz, azizlarni qutlugʼ kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Biz Yangi Oʼzbekistonda inson qadri va manfaatlarini taʼminlashni oʼz oldimizga ezgu maqsad qilib qoʼygan ekanmiz, bu yoʼlda xalqimiz salomatligini mustahkamlash eng muhim vazifalarimizdan biri boʼlishi tabiiydir.

Аyni shu maqsadda keyingi yillarda Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Sohaning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda. Tizimga ilgʼor davolash va diagnostika usullari, innovatsion texnologiyalar keng tatbiq etilmoqda.

Аna shunday saʼy-harakatlarimiz tufayli birlamchi va malakali tibbiy xizmatlar aholining keng qatlamlariga kirib bormoqda. Buning tasdigʼini shu yilning oʼzida joylarda 22 ta oilaviy poliklinika, 93 ta oilaviy shifokorlik punkti va 394 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etilib, birlamchi tibbiy xizmatlar 2 million 100 ming nafardan ziyod aholiga yaqinlashtirilgani misolida yaqqol koʼrish mumkin.

Bu haqda soʼz yuritganda, 8 million 600 ming nafar aholi profilaktik tibbiy koʼrikdan oʼtkazilib, ularning 685 ming nafari ambulator, 72 ming nafari esa statsionar sharoitda sogʼlomlashtirilgani, skrining tekshiruvlari orqali 167 ming nafar yurtdoshimizda yurak-qon tomir, 52 ming nafarida qandli diabet kasalligi aniqlanib, ularning salomatligini tiklash choralari koʼrilganini taʼkidlash lozim.

Аyniqsa, tugʼma yurak nuqsoni boʼlgan 2 ming nafar bolaning davlat hisobidan operatsiya qilingani yosh avlodga mehr va gʼamxoʼrlik koʼrsatishning yana bir yorqin namunasi boʼldi.

Sohaga davlat tibbiy sugʼurtasi va raqamlashtirish mexanizmlari bilan birga xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati ham keng joriy etilmoqda. Shifoxonalarni zamonaviy transport va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash darajasi keskin yaxshilanmoqda.

Аynan ana shunday oʼzgarishlar, jonkuyar shifokorlar, yuqori malakali tibbiyot mutaxassislari, hamshiralarning mashaqqatli mehnati tufayli yuqori texnologik jarrohlik operatsiyalari nafaqat poytaxtimiz va viloyatlar markazlarida, balki tumanlarda ham muvaffaqiyatli oʼtkazilmoqda va minglab bemorlar oʼz dardiga shifo topmoqda.

Soha xodimlari mehnatini ragʼbatlantirish, ish haqini oshirish doimo eʼtiborimiz markazida boʼlib kelmoqda. Soʼnggi 7 yilda ushbu tizimda samarali xizmat qilib kelayotgan yurtdoshlarimizdan 727 nafari Vatanimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi.

Bugungi bayram munosabati bilan ularning safiga yana koʼplab tibbiyot xodimlari qoʼshilganini alohida qayd etmoqchiman. Fursatdan foydalanib, ushbu fidoyi yurtdoshlarimizni yuksak mukofotlar bilan tabriklab, barchasiga oʼzimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Аziz doʼstlar!

Biz “Oʼzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida tibbiyot sohasida ham ulkan oʼzgarishlarni amalga oshirishni reja qilganmiz. Jumladan, aholining oʼrtacha umr koʼrish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, buning uchun tibbiyotga yoʼnaltiriladigan mablagʼlar hajmini 2 barobar oshirish, onkologiya, yurak-qon tomir, diabet va nafas yoʼllari kasalliklari boʼyicha erta oʼlimni 2,5 barobar kamaytirish, Oʼzbekistonni sil xastaligidan xoli mamlakatga aylantirish ustuvor vazifamiz boʼladi.

Shuningdek, 350 ming nafar diabet va 1 million 500 ming nafar yurak-qon tomir kasalligi bilan ogʼrigan bemorlarni davolash, tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlarini birlamchi boʼgʼinning oʼzida hal etish, bemorlarni gemodializ oʼrinlari bilan toʼliq qamrab olish boʼyicha ham amaliy ishlarni boshlaymiz.

Аholi oʼrtasida mustahkam salomatlik garovi boʼlgan sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Qadrli tibbiyot xodimlari!

Barchamiz birgalikda harakat qilib, tibbiyot sohasini chinakam xalqchil tizimga aylantirish boʼyicha oldimizda turgan ulkan vazifalarni albatta muvaffaqiyatli ado etamiz.

Oʼz qasamyodiga, kasbi va burchiga sadoqat bilan mehnat qilayotgan, Аbu Аli ibn Sinodek buyuk ajdodlarimiz anʼanalarining davomchilari boʼlgan siz, azizlar bundan buyon ham shu ezgu yoʼlda bor bilim va tajribangizni safarbar etasiz, deb ishonaman.

Sizlarni Tibbiyot xodimlari kuni bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, gʼoyat sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda sihat-salomatlik, yutuq va omadlar, oilaviy baxt-saodat tilayman.

Shavkat Mirziyoev, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti

The post Shifokorlar har davrning qahramoni appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4315/feed 0
USTOZLIK SHАRАFI. 1 OKTABR – USTOZ VА MURАBBIYLАR KUNI http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4268 http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4268#respond Tue, 03 Oct 2023 19:52:33 +0000 http://surgery.med.tma.uz/?p=4268 Jamiyatning buguni va kelajagiga, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy saloxati ta’lim yuqori darajaga erishish bilan. Ta’lim-tarbiya tizimidagi ishtiroki ko’p o’quvchilar va murabbiylarga bog’liq. Shu yordamda yordam o’qiyotganlar mehnatini qadrlash, ularga har bir yordam g’amxo’rlikka berishda davom etmoqda. Jumladan qurilish, ta’lim yo’lida jahon yangi ilmlari asosida, maskanlari, zamonaviy texnika bilan jihozlash davom ettiriladi. Dedilar: dunyoda asli kim aziz?…

The post USTOZLIK SHАRАFI. 1 OKTABR – USTOZ VА MURАBBIYLАR KUNI appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
Jamiyatning buguni va kelajagiga, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy saloxati ta’lim yuqori darajaga erishish bilan. Ta’lim-tarbiya tizimidagi ishtiroki ko’p o’quvchilar va murabbiylarga bog’liq. Shu yordamda yordam o’qiyotganlar mehnatini qadrlash, ularga har bir yordam g’amxo’rlikka berishda davom etmoqda. Jumladan qurilish, ta’lim yo’lida jahon yangi ilmlari asosida, maskanlari, zamonaviy texnika bilan jihozlash davom ettiriladi.

Dedilar: dunyoda asli kim aziz?

Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.

Tagʼin aytdilarki: aziz shubhasiz

Ustoz qadriga yetolgan inson.

Abdulla Oripov.

Kafedramiz jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi va o’z ustozlarini doimo ulug’lab ayyom bilan qutlaydi.

The post USTOZLIK SHАRАFI. 1 OKTABR – USTOZ VА MURАBBIYLАR KUNI appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4268/feed 0
Tibbiyot sohasida mehnat qilayotgan ustozlarga ehtirom koʼrsatildi http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4253 http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4253#respond Sat, 30 Sep 2023 17:29:24 +0000 http://surgery.med.tma.uz/?p=4253 Bugun 30.09.2023-yil Sog’liqni saqlash vazirligi binosida  vazir A. Inoyatov boshchiligida Sog’liqni saqlash tizimidagi O’zbekiston Qahramonlari, akademiklar va yetuk shifokor-professorlar  1-oktyabr ustoz va murabbiylarga kuni munosabati bilan  taqdirlandilar. Jumladan, ustozimiz Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan fan arbobi, O’zbekiston Respublikasi fanlar Аkademiyasi va Rossiya fanlar Аkademiyasining akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Karimov Shavkat Ibragimovichni ham tibbiyotimiz rivojiga qo’shayotgan…

The post Tibbiyot sohasida mehnat qilayotgan ustozlarga ehtirom koʼrsatildi appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
Bugun 30.09.2023-yil Sog’liqni saqlash vazirligi binosida  vazir A. Inoyatov boshchiligida Sog’liqni saqlash tizimidagi O’zbekiston Qahramonlari, akademiklar va yetuk shifokor-professorlar  1-oktyabr ustoz va murabbiylarga kuni munosabati bilan  taqdirlandilar. Jumladan, ustozimiz Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan fan arbobi, O’zbekiston Respublikasi fanlar Аkademiyasi va Rossiya fanlar Аkademiyasining akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Karimov Shavkat Ibragimovichni ham tibbiyotimiz rivojiga qo’shayotgan xizmatlari alohida ta’kidlandi va esdalik sovg’alari topshirildi.

The post Tibbiyot sohasida mehnat qilayotgan ustozlarga ehtirom koʼrsatildi appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4253/feed 0
🏫 Тошкент тиббиёт академиясининг янги бош ўқув биноси фойдаланишга топширилди http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4143 http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4143#respond Mon, 04 Sep 2023 15:39:46 +0000 https://surgery.med.tma.uz/?p=4143 Тошкент тиббиёт академияси мамлакатимизда тиббиёт соҳаси учун олий маълумотли мутахассислар тайёрлайдиган таянч тиббий олий таълим муассасасидир. Бу ерда кадрлар салоҳиятини ошириш, талабаларнинг амалий кўникмасини мустаҳкамлаш ва ўқув жараёнини самарали ташкил этишга катта эътибор қаратилмоқда. Бунинг амалий ифодаси сифатида янги ўқув йилида академиянинг янги реконструкция қилинган бош ўқув биноси фойдаланишга топширилди. Бизнинг ходимлар хам бу жараёнда…

The post 🏫 Тошкент тиббиёт академиясининг янги бош ўқув биноси фойдаланишга топширилди appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>

Тошкент тиббиёт академияси мамлакатимизда тиббиёт соҳаси учун олий маълумотли мутахассислар тайёрлайдиган таянч тиббий олий таълим муассасасидир.

Бу ерда кадрлар салоҳиятини ошириш, талабаларнинг амалий кўникмасини мустаҳкамлаш ва ўқув жараёнини самарали ташкил этишга катта эътибор қаратилмоқда.

Бунинг амалий ифодаси сифатида янги ўқув йилида академиянинг янги реконструкция қилинган бош ўқув биноси фойдаланишга топширилди.

Бизнинг ходимлар хам бу жараёнда фаол қатнашдилар.

Бинонинг тантанали очилиш маросимида Ўзбекистон Республикаси Президенти администрацияси Ижтимоий ривожланиш департаменти раҳбари О.Абдураҳмонов, соғлиқни сақлаш вазири А.Иноятов, шунингдек, тиббиёт муассасалари раҳбарлари, профессор-ўқитувчилар ҳамда талабалар иштирок этди.

Бугун мамлакатимиздаги барча ислоҳотлар негизида кадрлар тайёрлаш сифатини оширишдек эзгу мақсад ётибди. Буни Тошкент тиббиёт академияси фаолияти мисолида ҳам кўриш мумкин.

Фойдаланишга топширилган янги бинода 8 кафедра, 10 бўлим, маъмурият ҳамда бошқа хоналар жойлашган бўлиб, 3000 нафар талаба таҳсил олишига мўлжалланган.

Иншоотда 148 ўқув аудиторияси, 10 смарт маъруза зали, 60 болажонга мўлжалланган боғча, 500 нафардан ортиқ талабанинг мустақил тайёргарлиги учун ижтимоий зоналар ҳамда 520 ўринли овқатланиш шохобчаси мавжуд.

Хусусан, бинонинг биринчи қаватида Симуляцион марказ ва 3 та электрон микроскоп лабораторияси ташкил этилган. Япониянинг замонавий лаборатор ускуналари билан жиҳозланган симуляцион марказда бакалавриат ва магистратура битирувчилари амалий кўникмаларни ўзлаштириш имконига эга.

Мазкур бўлим турли клиник вазиятларни акс эттирувчи манекенлар ва симуляторлар билан жиҳозланган бўлиб, шошилинч тиббий ёрдам, реанимация, жарроҳлик, педиатрия, терапевтика мутахассисликлари ҳамда анъанавий тиббиёт каби 10 та ўқув аудиториясини ўз ичига олади.

Шунингдек, бинонинг иккинчи қаватида Рақамли тиббиёт маркази жойлашган. Бу ердаги тест марказида талабалар ўртасида имтиҳон ўтказиш, мустақил тайёргарлик кўриш учун 24/7 тартибида ишловчи 200 ўринли виртуал кутубхона ва компьютер синфлари мавжуд.

Телемедицина ёки масофавий тиббиётга бағишланган бўлимда талабаларга масофавий тиббий хизмат тизимида ишлаш, электрон поликлиника ва стационар бўлимда эса электрон тизим орқали беморни рўйхатга олиш, маслаҳат бериш, кундалик ҳолатидан хабар олиш ҳамда электрон карта тўлдириш ўргатиб борилади.

Шунингдек, бинонинг еттинчи қаватида Биотиббиёт технологиялари маркази ташкил этилиб, тиббий генетика, ҳужайра технологиялари, иммунология, электрон микроскопия, фармакотоксикология, экологик лаборатория ва илмий мактаблар мавжуд.

Ушбу қаватда жойлашган технопарк ва саккизинчи қаватдаги рақамлаштирилган ахборот-ресурс маркази ҳам талабаларнинг билим олиши ва ўз устида изланиши учун кенг имконият яратади.

Очилиш маросимидан сўнг меҳмонлар янги бинонинг имкониятлари билан яқиндан танишиб, Симуляцион марказ ва бошқа бўлимлар фаолиятига юқори баҳо берди.

The post 🏫 Тошкент тиббиёт академиясининг янги бош ўқув биноси фойдаланишга топширилди appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/4143/feed 0
06.12.2019 йил куни кафедра магистрлари “Минор” номли масжидига ташриф буюришди http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/2307 http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/2307#respond Fri, 06 Dec 2019 15:01:00 +0000 http://surgery.med.tma.uz/?p=2307 Ассистент Т.Э. Рахимзода 06 декабрь 2019 йил кафедра 1-2-3-курс магистрлари билан биргаликда “Минор” масжидига ташриф буюришди ва мачитнинг курилиш тарихи, унинг ноеб дизайни, узбекона усулдаги архитектураси ва ички тузилиши билан танишилди. Истиқлол йилларида мустабид тузуми даврида ҳаробага айлантирилган муқаддас қадамжолар, муҳим тарихий обидаларни қайта тиклаш билан бир қаторда янги анъанавий услубдаги мўътабар масканларнинг бунёд этилиши…

The post 06.12.2019 йил куни кафедра магистрлари “Минор” номли масжидига ташриф буюришди appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>

Ассистент Т.Э. Рахимзода 06 декабрь 2019 йил кафедра 1-2-3-курс магистрлари билан биргаликда “Минор” масжидига ташриф буюришди ва мачитнинг курилиш тарихи, унинг ноеб дизайни, узбекона усулдаги архитектураси ва ички тузилиши билан танишилди.

Истиқлол йилларида мустабид тузуми даврида ҳаробага айлантирилган муқаддас қадамжолар, муҳим тарихий обидаларни қайта тиклаш билан бир қаторда янги анъанавий услубдаги мўътабар масканларнинг бунёд этилиши халқимиз маънавий тараққиётини белгилаб берувчи омиллардандир.

Ўзбекистон Республикасининг биринчи Президенти Ислом Каримовнинг бевосита ғоя ва амалий таклифлари асосида бунёдга келган шаҳримиздаги муҳташам «Минор» масжиди ана шу фикрлар далилидир. Мазкур масжид ўз лойиҳасида миллий меъморчилигимизнинг, бутун дунёда машҳур бўлган масжид ва мадрасаларнинг азалий анъана ва услубларидан ижодий фойдаланилганлиги билан ҳар жиҳатдан бетакрор, муаззам мажмуа бўлиб қад кўтарди.

Масжидга «Минор» номининг берилиши унинг шу номли маҳаллада жойлашганлиги сабаблидир. «Минор» аслида арабча «манор» сўзидан олинган бўлиб, «маёқ», «баландлик» каби маъноларга далолат қилади. Мазкур маҳалла оқсоқолларининг айтишича, қадимда бу маҳалла шаҳарнинг бошқа қисмларига нисбатан баландликда жойлашган.

2014-йилнинг 4-октябр санаси Муборак Қурбон ҳайити арафасида Ўзбекистон Республикасининг биринчи Президенти Ислом Каримов Ўзбекистон мусулмонлари идораси уламолари, меъмор ва қурувчилар, маҳалла оқсоқоллари ҳамроҳлигида Минор масжидининг очилишида бевосита иштирок этди. Давлатимиз раҳбари масжиднинг ички ва ташқи кўриниши, баҳаво айвонлари, миллий ўймакорлик санъати асосида ишланган устунлар, бино қуббасидаги олтин суви билан зийнатланган нақшу-нигорларни кўздан кечириб қўли гул усталаримиз ижодига юксак баҳо берди.

Юртобишимиз эзгулик масканини зиёрат қилиш чоғида ўз фикр-мулоҳазалари билан ўртоқлашар экан «Нима учун Ўзбекистонимизнинг маданияти бу қадар қадимий деган савол берилса, аввало динимиз, туфайли. Муқаддас ислом динимиз бўлмаганида биз бу қадар маданиятга эга бўлмас эдик, дея жавоб берган бўлар эдим» дея таъкидлади.

Масжид барча замонавий шарт-шароитлар ва қулайликларга эга. Масжид хонақоҳи, пастки қаватдаги хонақоҳ, имом ва ноиБлар ҳамда бошқа барча ходимлар хоналари ҳам замонавий иситиш ва совутиш тизимлари билан таъминланган.

Масжиднинг тўлалигича оқ мармар билан қопланганлиги унга ўзгача гўзаллик, улуғворлик ва ҳашамат бахш этиб туради. Қадимий ва замонавий меъморчилик санъатини ўзида мужассам этган бу иншоот ўзининг мафтункорлиги билан зиёратчиларни ўзига ром этмоқда. Юртимизнинг моҳир ва қўлигул усталари томонидан ишланган эшик-ромлар, ўймакорлик санъати қўлланган нақшинкор устун ва тоқилар зиёратчилар кўзида масжидни том маънода санъат асарига айлантиради.

Шунингдек, масжиднинг атрофи майсазорга айлантирилган квадрат майдончалар билан безалган бўлиб, мазкур майдончаларнинг ичига турфа хил манзарали дарахтлар экилган. Тротуарлар четига дам олиш учун скамейкалар ўрнатилган.

Истироҳат боғига айланган масжиднинг ташқи ҳовлиси масжид рангига монанд бўлган оқ чироқлар билан безатилган. Масжиднинг олд тарафидаги фаввора ҳам масжид гўзаллигига гўзаллик қўшиб туради ва одамларни ўзига жалб этади.

«Минор» жомеъ масжиди умумий майдонига жами 5000дан ортиқ намозхонга мўлжалланган. «Минор» жомеъ масжидининг умумий майдони 4.5 гектарни ташкил этади.

Масжид ҳовлисида экилган 1326 туп манзарали дарахтлар Европанинг Белгия қироллигидан келтириб экилган.

Масжид минорасининг баландлиги 45 метрни ташкил этса, мовий гумбаз 34 метр баландликда жойлашган.

Масжид тўлиқ бетондан кўтарилган. Деворларнинг икки томонидан махсус қопламалар билан Хитойдан келтирилган сунъий оқ мармарлар билан қопланган.

Масжид ўнг ва чап айвонларидаги тўққиз донадан ўн саккиз дона устунлар, масжиддаги турли ўлчамдаги ўттиз бир дона эшиклар Европанинг Украина давлатидан келтирилган Украинский Бук дарахтидан, Тошкент шаҳридаги «Ижод – ижод» ҳунармандлар уюшмаси томонидан ёғоч ўймакорлик ишлари амалга оширилган.

Масжид ҳонаҳоҳининг умумий майдони 1326 кв метрни ташкил этади. Масжид меҳроби Самарқанд вилоятидаги Регистон мажмуаси Тилла Кори жоме масжидининг меҳробидан нусха олинган. Ушбу масжид қурилишида республикамизнинг барча вилоятидан моҳир усталар жалб этилган ва миллий ҳунармандчилигимизнинг гўзал намунасини ушбу масжидда кўрсатиб беришган.

Масжид меҳробининг ўнг томонида «Аллоҳ», чап томонида эса «Муҳаммад» исмлари моҳирлик билан хаттотлар томонидан ёзилган. Меҳробнинг ён томонларида Қуръони карим «Бақара» сурасининг 285-286 оятлари ёзилган.

Магистрлар тарихимиз ва узбек архитектурасига доир янги маълумотларга эга булишди ва мароқли дам олиб қайтишди.

The post 06.12.2019 йил куни кафедра магистрлари “Минор” номли масжидига ташриф буюришди appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/2307/feed 0
01.11.2019 йил куни кафедра магистрлари “Алишер Навоий” номли миллий богига ташриф буюришди http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/2248 http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/2248#respond Sat, 02 Nov 2019 13:28:00 +0000 http://surgery.med.tma.uz/?p=2248 Ассистент Халиков С.П. 1-ноябрь 2019 йил кафедра 1-2-3-курс магистрлари билан биргаликда “Алишер Навоий” номли миллий богга ташриф буюрдилар ва богнинг курилиши тарихи, Алишер Навоий хакида янги маълумотларга эга булишди. Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий боғи мустақиллик йилларида халқимизнинг бунёдкорлик салоҳияти билан тобора чирой очиб бормоқда. Қайд этиш лозимки, 1991 йили Миллий боғ ҳудудида буюк шоир…

The post 01.11.2019 йил куни кафедра магистрлари “Алишер Навоий” номли миллий богига ташриф буюришди appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
Ассистент Халиков С.П. 1-ноябрь 2019 йил кафедра 1-2-3-курс магистрлари билан биргаликда Алишер Навоий” номли миллий богга ташриф буюрдилар ва богнинг курилиши тарихи, Алишер Навоий хакида янги маълумотларга эга булишди.

Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий боғи мустақиллик йилларида халқимизнинг бунёдкорлик салоҳияти билан тобора чирой очиб бормоқда.
Қайд этиш лозимки, 1991 йили Миллий боғ ҳудудида буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоийнинг муаззам ҳайкали барпо этилиб, ўтган давр мобайнида улуғ аждодимиз тараннум этган юксак гуманистик ғояларга ҳамоҳанг равишда, аниқ меъморий режа асосида кенг кўламли қурилиш ва ободонлаштириш ишлари амалга оширилди.
Ушбу ҳудудда 2007 йили Ўзбекистон халқ ёзувчиси Абдулла Қаҳҳор, 2010 йили Ўзбекистон халқ ёзувчиси Ойбек, 2013 йили Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ ёзувчиси Саид Аҳмад ва таниқли шоира Саида Зуннунова хотираларига бағишлаб ёдгорлик мажмуалари ўрнатилди.
Миллий боғни халқимиз, авваламбор, ёшларимизнинг маданий-маърифий савиясини юксалтиришга хизмат қиладиган, нафақат юртимиз, балки жаҳоннинг турли мамлакатларидан меҳмонлар ва сайёҳлар ташриф буюрадиган ҳар томонлама гўзал ва бетакрор масканга айлантирилди, маънавий ҳаётимизда ўчмас из қолдирган атоқли сўз санъаткорларининг тарихий хотирасини абадийлаштирилди.

Бу максадда мухтарам президентимиз Ш.М.Мирзиеевнинг алохида багишланган “Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори” мухим урин эгаллади:

  1. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси, Ўзбекистон Бадиий академияси, Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги, Фанлар академияси, Республика Маънавият тарғибот маркази, “Нуроний” жамғармаси, “Маҳалла” хайрия жамоат фонди, “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати, Тошкент шаҳар ҳокимлиги ва кенг жамоатчилик вакилларининг Ўзбекистон Миллий боғи ҳудудида Адиблар хиёбонини барпо этиш тўғрисидаги таклифи маъқуллансин.
    2. Ўзбекистон Давлат архитектура ва қурилиш қўмитаси Тошкент шаҳар ҳокимлиги, Молия вазирлиги, Маданият вазирлиги, Ўзбекистон Бадиий академияси, Ёзувчилар уюшмаси билан биргаликда бир ой муддатда Ўзбекистон Миллий боғи ҳудудида боғнинг умумий кўриниши ва Алишер Навоий ҳайкали билан уйғун равишда Адиблар хиёбонининг яхлит меъморий ансамбль шаклидаги лойиҳасини ишлаб чиқсин ва тасдиқлаш учун киритсин.
    3. Адиблар хиёбонининг меъморий лойиҳасини ишлаб чиқишда ушбу манзилда Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси учун замонавий янги бино қуриш

назарда тутилсин.
4. Мазкур ҳудудда жойлашган Ўзбекистон маданияти ва санъати кўргазмаси биноси Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси тасарруфига ўтказилсин ва бу ерда доимий равишда китоблар кўргазмалари ва тақдимотлари, турли адабий-маърифий тадбирлар ўтказиладиган адабий марказ ташкил этилсин.
5. Ўзбекистон Бадиий академияси тегишли ташкилот ва идоралар билан биргаликда миллий адабиётимизнинг улкан намояндалари:
Ўзбекистон Қаҳрамони, атоқли олим ва жамоат арбоби Озод Шарафиддинов;
Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов;
Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Абдулла Орипов;
Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф хотирасига бағишланган ёдгорлик мажмуаларини барпо этиш бўйича бир ой муддатда ижодий танлов эълон қилсин ва уни белгиланган тартибда ўтказсин.
6. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси, Маданият вазирлиги, Ўзбекистон Бадиий академияси, Республика Маънавият тарғибот маркази:
Тошкент шаҳар ҳокимлигининг пойтахтимиздаги Мирзо Улуғбек туманида жойлашган Ҳамид Олимжон ҳайкалини;
Ғафур Ғулом номидаги маданият ва истироҳат боғида ўрнатилган Ўзбекистон халқ шоири Ғафур Ғулом ҳайкалини;
Ўзбекистон давлат санъат музейи ёнидаги хиёбонда ўрнатилган Ўзбекистон халқ шоири Зулфия ҳайкалини Адиблар хиёбонига кўчириш тўғрисидаги таклифига розилик берилсин.
7. Тошкент шаҳар ҳокимлиги ҳузуридаги «Ягона буюртмачи хизмати» инжиниринг компанияси Адиблар хиёбонининг яхлит меъморий ансамблини барпо этиш бўйича, Ўзбекистон Бадиий академияси мазкур қарорнинг 5-бандида кўрсатилган адибларнинг ҳайкалларини яратиш бўйича буюртмачи этиб, шунингдек, “ТошкентбошпланЛИТИ” ДУК лойиҳа-смета ҳужжатларини ишлаб чиқиш учун бош лойиҳачи этиб белгилансин.
8. Ўзбекистон Давлат архитектура ва қурилиш қўмитаси лойиҳа-смета ҳужжатларини белгиланган тартибда давлат экспертизасидан ўтказсин ва бажарилаётган қурилиш-монтаж ишлари юзасидан давлат архитектура-қурилиш назоратини амалга оширсин.
9. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси икки ой муддатда тасдиқланган лойиҳа ҳамда ушбу қарорнинг 5-бандида кўрсатилган ижодий танлов натижалари асосида Адиблар хиёбонининг яхлит меъморий ансамблини барпо этиш билан боғлиқ ташкилий масалаларни, шунингдек, молиялаштириш манбаларини белгилаган ҳолда қарор қабул қилсин.
10. Мазкур қарорнинг бажарилишини назорат қилиш Ўзбекистон Республикаси Бош вазири А.Арипов зиммасига юклансин.

Мазкур карорлар юксак даражада бажарилган ва “Алишер Навоий” номли миллий боғ янада чирой очган. Магистрлар ушбу даргохда мароқли дам олиб қайтишди.

The post 01.11.2019 йил куни кафедра магистрлари “Алишер Навоий” номли миллий богига ташриф буюришди appeared first on Department of Faculty and Hospital Surgery №1.

]]>
http://surgery.med.tma.uz/uz/archives/2248/feed 0