19-dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha IIIXalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi.
Mazkur ilmlar bellashuvi negizida:
🇺🇿 Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqi va intellektual salohiyatini oshirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish maqsadi mujassam.
Tibbiyot mohirlari III Xalqaro olimpiadasi Xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlari: Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Xalqaro olimpiada barcha klinik fanlarni qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir.
Talabalar fundamental tibbiyot, Terapiya, Jarrohlik, Pediatriya, Reproduktiv salomatlik, Bosh-Bo’yin kasalliklari, Shoshilinch tez yordam , Tibbiy-profilaktika yo’nalishlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadilar.
Jarrohlik yo’nalishi bizning kafedra xodimlari boshchiligida o’tkazildi