«Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi”.
Bizning kafedramizda 8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni keng miqyosda nishonlandi. Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha mas’ul Xalikov S.P. tomonidan tayyorlangan taqdimot kafedramiz jamoasi, yosh olimlar va TTA klinikasi xodimlariga yetkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil, 16-noyabr “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishidan.
2023- yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizni yoqlab ovoz berdi.
Bosh qomusimizda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlariga oid qonuniy asoslar o‘z aksini topgan.
Konsitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko’lamli islohatlarni amalga oshirishning kafolatidir.