26 dekabr kuni OAV vakillari Toshkent tibbiyot akademiyasi bosh o‘quv binosi va bu yerdagi ilmiy salohiyat bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu tadbirda kafedramiz professor-o’qituvhilari Irnazarov A.A., Imamov A.A., Beknazarov I.R, Jumanazarov A.U., Fayziyev S.I. va kafedramiz magistri Aripov Sh. lar faol ishtirok etishdi.
Qayta rekonstruksiya qilingan va eng zamonaviy o‘quv va davolash uskunalari bilan jihozlangan 3000 nafar talabani o‘zida sig‘diradi. Binoda 8 ta kafedra, 10 ta bo‘lim, maʼmuriyat va 4 ta boshqa maishiy hududlar joylashgan. Binoda 148 ta o‘quv auditoriyalari, 10 “aqlli” maʼruza zallari, 60 nafar bolaga mo‘ljallangan bolalar bog‘chasi, 500 dan ortiq talabalarni mustaqil tayyorgarligi uchun ijtimoiy zonalar, 520 o‘ringa mo‘ljallangan ovqatlanish shoxobchasi mavjud.
Press-tur binoning birinchi qavatida joylashgan simulyatsion markaz va elektron mikroskop laboratoriyasi bilan tanishuvdan boshlandi. Simulyatsion markaz taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlariga mo‘ljallangan bo‘lib, turli klinik vaziyatlarni taqlid qiluvchi manekenlar va simulyatorlar bilan jihozlangan 10 ta o‘quv auditoriyalarni o‘z ichiga oladi. Ular shoshilinch tibbiy yordam, virtual qabulxona, reanimatsion, jarrohlik, pediatriya, akusherlik va ginekologiya, umumiy parvarishlash (muolaja xonasi, terapevtik va jarrohlik yo‘nalishlari), jarrohlik mutaxassisliklari (lor, stomatologiya, urologiya), terapevtik mutaxassisliklar hamda anʼanaviy tibbiyot o‘quv modullari va ekspert zonasidan iborat
O‘quv modullari talablarga muvofiq asosiy tibbiy va maxsus tibbiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beruvchi trenajyorlar, fantomlar, kompyuterlashtirilgan simulyatorlar bilan jihozlangan va haqiqiy tibbiy asbob-uskunalar ushbu muhitni shifoxona muhitiga imkon qadar yaqinlashtiradi. Markazda simulyatsion xonalardan tashqari 6 ta o‘quv xonasi, brifing xonalari, 1 ta multimedia uskunalari bilan jihozlangan auditoriya mavjud. Markaz bazasida bakalavriat va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim doirasidagi mashg‘ulotlar talabalar, magistrantlar va klinik ordinatorlarning ishtiyoqini oshiradi, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi, klinik fikrlash asoslarini yaratadi.
2 qavatda raqamli tibbiyot markazi imkoniyatlarini keng bo‘lib, bu yerda raqamli universitet modeli yaratilgan. Barcha virtual taʼlim texnologiyalarini o‘z ichiga olgan raqamli tibbiyot markazi hisoblanadi. Bu yerda TEST MARKAZI mavjud, unda talabalar o‘rtasida imtihon sinovlarini o‘tkazish, mustaqil tayyorgarlik ko‘rish uchun 24/7 tartibda ishlovchi 200 o‘rinli virtual kutubxona va kompyuter sinflaridan iborat.
Bundan tashqari telemeditsina yoki masofaviy tibbiyot zonasida esa talabalarga distansion tibbiyot xizmat tizimida ishlashni o‘rgatiladi. Bu yerda talaba va malakasini oshiruvchi shifokor, o‘qish va ish joyidan ajralmagan holda respublikaning uzoq hududlarida joylashgan tibbiyet muassasalari bilan tibbiy maslahat o‘tkazishni o‘rganib boradi. Chet el mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan konsiliumlar, jarrohlik amaliyoti translyatsiyasi va telemonitoring uchun kerakli materiallar tayyorlanadi.
Elektron poliklinika va statsionarda talaba elektron tizim orqali bemorni ro‘yxatdan o‘tish va elektron karta to‘ldirish, bemorlarga maslahatlar berish, ularni xolidan kundalik xabar olib turish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimida kirib kelayotgan elektron texnologiyalardan xabardor, elektron hujjatlarni yurituvchi, jarayonda tezkor va samarador ishlaydigan oilaviy shifokorni bu texnologiyalar orqali tayyorlab boriladi.
Binoda o‘rgatuvchi virtual (vr) va to‘ldirilgan reallik (ar) yuqori texnologiyalari ham mavjud bo‘lib, bu ayniqsa birinchi kurs talabalarini tibbiyot fanlariga qiziqishini oshirishga, ularni turli maʼlumotlarni vizual va interfaol tarzda qabul qilishiga yordam beradi.
Binoning 7-qavatida biotibbiyot texnologiyalari markazi yaratilgan bo‘lib, u yerda tibbiy genetika, hujayra texnologiyalari, immunologiya, elektron mikroskopiya, farmakotoksikologiya, ekologiya laboratoriyalari faoliyat yuritmoqda.
8-qavatida raqamlashtirilgan Axborot resurs markazi (ARM) joylashgan bo‘lib, markaz akademiyaning o‘quv, ilmiy maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarini axborot resurslari bilan taʼminlovchi ziyo maskanidir. Akademiya tomonidan Research4life granti qo‘lga kiritilib, jami qiymati 7 500 000 AQSH $ bo‘lgan ilmiy adabiyotlarga. Jahondagi 125 ta davlatlardagi kutubxonalari va tibbiyot jurnallaridan foydalanishga ruxsat berilgan.