Olimpiada qatnashish uchun TTA 1-davolash, 2-davolash va tibbiy pedagodika  4-, 5-, 6- kurslaridan 22 talaba ariza bilan murojat qildi shundan 14 talaba qatnashdi.

Olimpiada 1-bosqichini tashkil etish uchun xirurgik kasalliklar, otolaringologiya, anesteziologiya-reanimatologiya, travmatologiya va neyroxirigiya, onkologiya, oftalmologiya, hamda urologiya fanlarini o’z ichiga olgan jami 20 ta test savollari tayorlandi. 2 – bosqichda esa hay’at a’zolari bilan birga munozarali vaziyatlar bo’yicha bilimlari baxolandi (rus va o’zbek tilida).

1-bosqichda talabalarga tayorlab qo’yilgan test savollari va javobini belgilash uchun javoblar varaqasi (o’zbek va rus tillarida) tarqatildi bunda talabalar distantsiya saqlagan holda joylashtirildi. Testni yechish uchun 30 daqiqa berildi. Olimpiada o’tqazish jarayonini hay’at a’zolari nazorat qilib turishdi. Vaqt tugaganida javoblar varaqasi yig’ib olindi. Test javoblariga ko’ra yuqori bal to’plagan 3 ta talaba umumiy xisobda 9.0 ball to’plab keying bosqichga o’tqazildi.

 

FIO guruh fakulteti kafedra
1 Sayfullayev Sohibjon Odil o’g’li 506 c davolash 1 1-son fakultet va gospital xirurgiya
2 Sobirov Mirjalol Mirzohid o’g’li 501 b Tibbiy pedagogika Anesteziologiya va reanimatologiya.
3 Jumanazarova Moxinur Jumanazar qizi 404 davolash 2 1-son fakultet va gospital xirurgiya.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.