19-dekabr  kuni  Toshkent tibbiyot akademiyasi amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha IIIXalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi. 

Mazkur  ilmlar bellashuvi negizida:

🇺🇿 Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqi va intellektual salohiyatini oshirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish maqsadi mujassam.

Tibbiyot  mohirlari III Xalqaro olimpiadasi Xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlari: Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Xalqaro olimpiada barcha klinik fanlarni qamrab olganligi bilan  ahamiyatlidir. 

Talabalar fundamental tibbiyot, Terapiya, Jarrohlik, Pediatriya, Reproduktiv salomatlik, Bosh-Bo’yin kasalliklari, Shoshilinch tez yordam , Tibbiy-profilaktika yo’nalishlarida o‘z bilim  va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadilar.

Jarrohlik yo’nalishi bizning kafedra xodimlari boshchiligida o’tkazildi

Оставить комментарий

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.