Mustaqillik bayrami – mustaqillik kunini nishonlash. mustaqillik bayrami har bir xalqning azaliy va muqaddas orzusi. Shuning uchun mustaqillik bayrami kuni barcha ozod, erkin, tenglar ichida teng boʻlib, jahon hamjamiyatida oʻz qonuniy oʻrniga ega boʻlgan xalqlar tomonidan eng ulugʻ milliy bayram sifatida nishonlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda oʻz davlat mustaqilligini qoʻlga kiritdi. 1-sentyabr Mustaqillik kuni – mustaqillik bayrami deb eʼlon qilindi. Bugun u Oʻzbekistonda eng muqaddas, eng ulugʻ milliy bayram. Mustaqillik bayrami Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Bayram kunlari xaqida”gi qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq mamlakatimiz hududida nishonlanadigan bayram (dam olish) kunlari qatoridan oʻrin oldi. Mustaqillik bayrami butun xalqimiz tomonidan katta xursandchilik va koʻtarinki ruh bilan keng nishonlanadi. Ayni shu kuni erishilgan yutuqlar sarhisob qilinadi, kelajak sari dadil odimlar belgilanadi, davlatimizning oliy mukofotlari topshiriladi.
- Главная
- О нас
- История кафедры
- Состав кафедры
- Хакимов Мурод Шавкатович
- Каримов Шавкат Ибрагимович
- Беркинов Улугбек Базарбаевич
- Ирназаров Акмал Абдуллаевич
- Имамов Абдурахман Абдуганиевич
- Халиков Сарвар Пулатович
- Каримов Махмуд Рустамович
- Сахибоев Дилшод Парпижалилович
- Саттаров Ойбек Тохирович
- Алиджанов Ходжиакбар Кашипович
- Элмуратов Искандар Уразович
- Эгамбердиев Шухрат Искандарович
- Бекназаров Илхомжон Рустамович
- Матмурадов Жахонгир Камилович
- Жуманазаров Азизбек Улугбекович
- Рахимзода Тохир Эркини
- Хусинов Дилшодбек Отабаевич
- Файзиев Сарвар Исмоил угли
- Кушиев Жахонгир Хабибжон угли
- Якубов Ойбек Эргаш угли
- Пайзиева Дилрух Суннатилло кизи
- Контакты
- Фотогалерея
- Учебная работа
- Научная работа
- Клиническая работа
- Новости
- Русский (Русский)