Jonajon Vatanimiz – O’zbekiston Respublikasi o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo’lini boshlaganiga 31 yil to’ldi. Mustaqillik xalqimiz uchun o’z taqdirining xaqiqiy egasi bo’lib, qadr-qimmatini anglab, munosib xayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u xar bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to’la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro’yobga chikarishining mustaxkam zaminidir.

Mustaqillik yillarida ko’hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mexr-oqibat, bag’rikenglik xamjixatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg’usi yuragimizning tub-tubidan urin oldi.

Mamlakatimiz mutakilligining 31 yilligini nishonlash arafasida, utgan davr mobaynida bosib o’tilgan murakkab yo’limizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baxolash va ularning moxiyati va axamiyatini keng jamoachilik, butun xalkimizning ongi shuuriga yetkazish maqsadga muvofiqdir.

Mustaqil davlat sifatida O’zbekistonning bor bo’y-bastini, ulkan saloxiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalkimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g’ayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuxrati olam uzra yanada kengrok yoyilmoqda.

“Mustaqillik” va “isloxot” tushunchalariga mushtarak so’zlar sifatida qarashimiz tabiiy, albatta. Chunki, faqat mustaqil davlat va mustaqil jamiyatdagina isloxotlarni amalga oshirish mumkin. Mustakillik xam, isloxotlar xam insonning yaxshi yashashi, munosib turmush darajasiga erishishi uchun zarur sharoit yaratdi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko’lamli isloxotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustaxkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglik muxitini kuchaytirish, konun ustuvorligi, inson xukuk va erkinliklari xamda manfaatlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.

Aholining keng qatlami, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan o’tkazilgan amaliy suhbat va muxokamalar, shuningdek amaldagi qonun xujjatlari, milliy va xalkaro tashkilotlarning axborot-taxliliy materiallari, tavsiyalari va sharxlarini o’rganish, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini taxlil kilish natijasi o’larok, 2017 yilning 7 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2017-2021 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respub likasini rivojlantirishning besh ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.

Harakatlar strategiyasidan ko’zlangan asosiy maqsad – isloxotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiya qilish va xayotning barcha soxalarini erkinlashtirishdan iborat edi.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi asosida davlat va jamiyatda sodir bo’lgan kuchli modernizatsiya jarayoni barcha soxada jadal sur’atlarda yuksalishni yuzaga keltirdi. Bu dunyo xamjamiyatining xam yuksak e’tirofiga sazovor buldi.

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chikib, xar bir yil buyicha Davlat dasturlari kabul qilingan xolda amalga oshirilib kelindi.

Xususan, davlat va jamiyat kurilishi tizimini takomillashtirish xaqida so’z borganda, muxim siyosiy jarayon – Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan parlamentga Murojaatnoma yo’llash instituti joriy etilganini aloxida kayd etish lozim.

Shu urinda, 2017 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalk qabulxonalari tashkil etilganini ta’kidlab o’tish joiz. 2017-2021 yillarda Prezident virtual qabulxonasi va Xalk qabulxonalariga kelib tushgan 5 mln. 780 mingdan ziyod murojaatlar ko’rib chiqildi, shundan 3 mln. 288 mingdan ortig’i qanoatlantirildi. Murojaatlarning to’liq, o’z vaqtida va qonuniy o’rganib chiqilishi natijasida ularni qanoatlantirish darajasi xam yil sayin oshib bormoqda.

Umuman olganda, mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o’tgan davr mobaynida davlat va jamiyat xayotining barcha soxalarini tubdan islox etishga karatilgan 300 ga yakin qonun, 4 mingdan ziyod O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.

Shuningdek, inson huquqarini ta’minlash, davlat organlarining xisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Milliy iqtisodiyotni islox qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini li-berallashtirish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo’jaligi maxsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish xamda xududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rildi.

Fukarolarning ijtimoiy ximoyasini kuchaytirish va kambag’allikni qiskartirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida belgilanib, axolini yangi ish o’rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jixatidan yangi boskichga kutarildi.

Sunggi besh yillik isloxotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O’zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-xuquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.

“Yangi O’zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” amalda jahon miqyosi-dagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot natijalarini chuqur taxlil kilgan xolda keyingi yillarda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbir-korlikni jadal rivojlantirish, inson xuquqlari va manfaatlarini so’zsiz ta’minlash xamda faol fukarolik jamiyatini shakllantirishga karatilgan isloxotlarning ustuvor yunalishlarini belgilash maksadida Prezident Shavkat Mirziyoevning 2022 yil 28 yanvar kuni PF-60 – sonli «X,arakatlar strategiyasidan – Tarakkiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chikilgan 7 ta ustuvor yunalishdan iborat “2022 – 2026 yillarga muljallangan Yangi O’zbekistonning tarakkiyot strategiyasi” farmoni va uni «Inson kadrini uluglash va faol maxalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi kabul kilindi.

Ushbu ishlab chikilgan 7 ta ustuvor yunalish kuyidagilardan iborat:

– inson kadrini yuksaltirish va erkin fukarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orkali xalkparvar davlat barpo etish;

– mamlakatimizda adolat va konun ustuvorligi tamoyillarini tarakkiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

– milliy iktisodiyotni jadal rivojlantirish va yukori usish sur’atlarini ta’minlash;

– adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

– ma’naviy tarakkiyotni ta’minlash va soxani yangi boskichga olib chikish;

– milliy manfaatlardan kelib chikkan xolda umumbashariy muammolarga yondashish;

– mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa saloxiyatini kuchaytirish, ochik, pragmatik va faol tashki siyosat olib borish.

Bu yunalishlarda belgilangan vazifalar 100 ta maksadni uz ichiga oladi.

Shuningdek, “Yangi Uzbekiston – tarakkiyot strategiyasi”da inson kadrini uluglashga yunaltirilgan ijtimoiy ximoya siyosati buyicha belgilangan vazifalar doirasida:

ijtimoiy ximoya soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ijtimoiy sugurta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sugurta jamgarmasini tashkil etish;

kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida takdim etish;

«Ijtimoiy ximoya yagona reestri» axborot tizimida yordamga muxtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bulgan shaxslar buyicha aloxida ma’lumotlar bazasini yaratish, jumladan «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ni «Ijtimoiy ximoya yagona reestri» bilan integratsiya kilish;

ayollarga pensiya xisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bulish vaktining xammasini jamlaganda ish stajiga kushib xisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish;

maxallalarda yangi institut sifatida joriy kilingan tadbirkorlikni rivojlantirish, axoli bandligini ta’minlash va kambagallikni

qiskartirish masalalari buyicha tuman (shaxar) xokimi yordamchilari xamda yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yulga kuyish;

maxalladan turib barcha davlat organlariga murojaat kilish va ularning raxbarlari bilan mulokot kilish tizimi yaratilib, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita maxallada kursatish, shu jumladan Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalk kabulxonalari bilan samarali alokalarni yulga kuyish orkali maxallalarning xalk oldidagi nufuzi oshirish;

maxallalarning «o’sish nuktalari» va ularda yashovchi axolining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chikib, ularda istikomat kilib, faoliyat yurituvchi axolini davlat tomonidan kullab- kuvvatlash tizimi samaradorligi oshirish;

maxalla xududida davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka kumaklashish va ukitish markazlari, tadbirkorlik ob’ektlari kabi infratuzilmani yaratish buyicha chora- tadbirlar kabi bir kator vazifalarni amalga oshirish belgilangan.

Albatta, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, biz bundan buyon faoliyatimizni “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida tashkil etamiz. Chunki, Vatanimizning takdiri va kelajagi bilan boglik ustuvor masalalarni xal etishda keng jamoatchilik, xar kaysi fukaroning fikri biz uchun uta muximdir.

Shuningdek, yurtimizda yashayotgan xar bir fukaroning, butun xalkimizning farovonligini ta’minlashga xizmat kiladigan “Yangi O’zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” goyasini amalga oshirishga aloxida e’tibor karatilmokda. Shu asosda maxalliy boshkaruv organlarining joylarda muammolarni xal etishdagi roli va mas’uliyati yanada kuchaytirilmokda. Buning uchun davlat funksiyalarining katta kismi markazdan xududlarga o’tkazilmoqda.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.