Каримов Шавкат Ибрагимович Karimov Shavkat Ibragimovich – fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi professori, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan fan arbobi, OʼzFА va Rossiya Tibbiyot Fanlari Аkademiyasi akademigi.

shavkat.karimov@tma.uz

Karimov Sh.I. 1943-yil 21-iyunda Toshkent shahrida tugʼilgan. 1969-yil Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan va 1969- yilgacha Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar shifoxonasi jarrohlik boʼlimi mudiri boʼlib ishlagan. 1969- yildan boshlab professional biografiyasi Toshkent Tibbiyot instituti bilan bogʼlandi, 1974- yilgacha OʼzFА akademigi Oʼ.А.Аripov qoʼl ostida stajer-tadqiqodchi, fakultet jarrohlik kafedrasi assistenti va dotsenti lavozimlarida ishlagan. Shu davr mobaynida maxsuslashtirilgan boʼlimlarda ishlash bilan bir qatorda klinik trasplantologiya muammolari bilan qiziqib ishlab kelmoqda va tirik donorlar va oʼliklar buyragini oʼtkazishda qatnashdi. 1971- yil akademik Oʼ.А.Аripov raxbarligida “Buyrak allotransplantatsiyasida eshak antilimfotsitar globulini va gossipolbarbiturat kislotasi bilan immunodepressiv terapiya” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Shu davrda Oʼzbekistonda qon-tomirlar jarrohligi rivojlnishi boshlandi va Sh.I.Karimov shu muammolar boshida turgan, klinik amaliyotda aorta va magistral arteriyalarda oʼtkaziladigan rekonstruktiv amaliyotlarni kiritishda pionerlardan biri boʼlgan. 1974- yildan 1977 -yilgacha А.N.Bakulev nomidagi yurak qon-tomir instituti qon-tomir boʼlimida ilmiy komandirovkada boʼldi va u yerda akademik А.V.Pokrovskiy hamda akademik Oʼ.А.Аripov raxbarligida “Qorin aortasi va tarmoqlari surunkali okklyuziyasi klinikasi, diagnostikasi va jarrohlik davosi” mavzusida doktorlik dissertatsiya ishi bajarilib 1981- yil muvaffaqiyatli himoya qildi.
1977- yildan 1979- yilgacha OʼzR SSV Kardiologiya Ilmiy Tekshirish Institutida direktor oʼrinbosari lavozimida ishlagan. 1979- yildan boshlab 2012 yilgacha fakultet va gospital jarroxlik kafedrasida (avval Toshkent Davlat II Tibbiyot Instituti, 2005 -yildan boshlab – Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi) kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda Respublika xirurgik angionevralogiya ixtisoslashgan markazi direktori va Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi pofessori hisoblanadi.


Хакимов Мурод ШавкатовичXakimov Murod Shavkatovich – professor, tibbiyot fanlari doktori, kafedra mudiri.

murod.xakimov@tma.uz

Xakimov M.Sh. 1972 -yil, 14 dekabrda Surxondaryo viloyatida tugʼilgan. 1995 -yil “Davolash ishi” mutaxassisligi boʼyicha ToshDavTI 2-davolash fakultetini tugatgan. 1995-1996- yillar davomida II Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi bazasida internatura oʼtagan. 1996- yildan 2000- yilgacha RShTYoIM ilmiy-tekshirish boʼlimida kichik ilmiy hodim sifatida ishlagan. 2000- yildan 2001- yilgacha II ToshDavTI II klinikasi shoshilinch jarrohlik boʼlimida ordinator boʼlib ishlagan.
2001- yildan 2012- yilgacha fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi assistenti, dotsenti, professori, 2012- yildan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2007 -yildan Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi II klinikasi shoshilinch jarrohlik boʼlimi rahbari hisoblanadi.
2000 -yilda professor X.T.Nishonov rahbarligi ostida “Jarohat infektsiyasining natriy gipoxloriti elektrolizlangan suvli eritmasidan foydalangan holda intraoperatsion profilaktikasini ishlab chiqish uslublari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2006 yilda akademik Sh.I.Karimov rahbarligi ostida “Oʼtkir panreatitning davolash va diagnostika usullarini rivojlantirish yoʼllari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 150 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 2008 yildan oliy toifali jarrox. Uning ilmiy raxbarligi ostida 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan.
20 dan ortiq xirurgik sʼezdlar, xalqaro kongresslar va ilmiy amaliy konferentsiyalarda bir necha bor maʼruzalar bilan ishtirok etgan.
Rossiya va MDH davlatlari xirurg-gepatologlari Аssotsiatsiyasi aʼzosi (2003yildan), Rossiya endoskopik jarrohlar jamiyati (2004yildan). 2003 va 2006 yillarda А.V. Vishnevskiy nomidagi jarrohlik institutida, 2007 yilda I.I. Djanelidze nomidagi ilmiy tekshirish institutida, 2007 va 2008 yillarda N.N. Bloxina nomidagi onkologik markazda malaka oshirgan.


Асраров Асқархон АсраровичАсраров Асқархон Асрарович – кафедра профессори, тиббиёт фанлари доктори.

askar.asrarov@tma.uz

Асраров А.А. 1947- йил 5 июлда Тошкент вилояти Навоий жамоа жўжалигида деҳқон оиласида дунёга келган. 1971- йил Тошкент медицина институтининг даволаш факультетини тамомлаган. 1971- йилдан 1972- йилгача «Хирургия» мутахассислиги бўйича интернатурани ТошМИ факультет хирургия кафедраси базаси Тошкент тўқимачилик комбинатининг ТСҚ хирурги бўлиб я бўлимида ўтаган. Интернатурани тугатгач “Сирдарё ГРЭСқурилиш”(Сирдарё вилояти, Ширин шаҳри) ТСҚ га хирург бўлиб тайинланади, аввал жарроҳ бўлиб, кейинчалик ТСҚ поликлиника хизмати мудири бўлиб ишлаган. 1974- йил 1-РКШ (Тошкент шаҳри) торакал бўлимига жарроҳ бўлиб ишга ўтган. 1976- йилдан 1979 -йилгача даволаш ишлари бўйича бош врач ўринбосари бўлиб, кейинчалик “Сирдарё ГРЭСқурилиш” ТСҚ бошлиғи бўлиб ишлаган.
1979 -йилдан 1990- йилгача Тошкент Давлат Тиббиёт институти даволаш факултети госпитал жарроҳлик кафедрасида ассистент бўлиб ишлаган. 1990- йилдан бошлаб ҳозирги вақтгача Тошкент тиббиёт академияси (дастлаб 2-Тошкент Давлат Тиббиёт институти, 2005- йилдан Тошкент тиббиёт академияси) даволаш факультети факультет ва госпитал жарроҳлик кафедраси профессори ҳисобланади. 1986-йилда проф. Ш.И.Каримов раҳбарлигида «Тарқоқ йирингли перитонит патогенетик даволаш йулларини такомиллаштириш» мавзусида номзодлик диссертациясини ҳимоя қилган. 1994- йилда проф. Ш.И.Каримов раҳбарлигида «Тарқалган йирингли перитонитли йирингли-септик асоратли ва полиорган етишмовчилиги бўлган беморларда жарроҳлик ва эндоваскуляр даволаш ва профилактика усуллари» мавзусида докторлик диссертациясини ҳимоя қилган. 100 дан ортиқ илмий ишлар муаллифи, шу жумладан, 3 та монография. Олий тоифали жарроҳ. Унинг раҳбарлиги остида, 3 та номзодлик диссертатсиялари тайёрланган.
Ўзбекистон Хирурглар уюшмасининг аъзоси. Асосий илмий-тадқиқот йўналишлари: шошилинч, гепатобилиар ва ошқозон-ичак тизими жарроҳлиги ҳисобланади.
Давлат мукофотлари ва фахрий унвонлари: Ўзбекистон Республикаси хизмат кўрсатган фан арбоби, бронза медал ва диплом ВДНХ СССР, СССР кашфиётчиси кўкрак нишони.


Беркинов Улуғбек БазарбаевичBerkinov Ulugʼbek Bazarbaevich – kafedra professori, tibbiyot fanlari doktori.

ulugbek.berkinov@tma.uz

Berkinov U.B., 1973- yil 11 iyunda Sirdaryo shihrida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. 1996- yil 2 ToshDavTI ni “aʼlo”ga tamomlagan. 1996- yildan 1998- yilgacha shu institutning fakultet va gospital jarrohlik kafedrasida klinik ordinaturani oʼtagan. 1998- yil aspiranturaga oʼqishga kirgan. 2000- yil sentyabrda «Surunkali toshli xolesistitda Laparoskopik xoletsistektomiya davolash usuli» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2001- yil fevraldan xozirgacha TTА fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi assistenti, katta oʼqituvchisi, dotsenti, professori lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedrada oʼquv jarayoniga masʼul. 2010- yil «Videotorakoskopik amaliyotlarni qayta ishlab chiqish va takomillashtirish» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2003- yildan beri sanitar aviatsiya yoʼnalishida navbatchilik qiladi. Oliy toifali jarroh. Davolash fakulteti fakulьtet va gospital jarrohlik kafedrasining endoskopik va torakal jarrohlik xizmatiga masʼul.

 


Имамов Абдурахмон АбдуганиевичImamov Аbduraxmon Аbduganievich – kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi.

abduraxmon.imamov@tma.uz

Imamov А.А. 1962- yil 1 avgustda Toshkent viloyatida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1985- yil ToshMI “Davolash ishi” yoʼnalishini tamomlagan. 1985- yildan 1986- yilgacha Yangiyoʼl shaxar shifoxonasida “Xirurgiya” yoʼnalishida internaturani oʼtagan. 1986- yildan 1990- yilgacha shifokor xirurg boʼlib ishlagan, keyinchalik Toshkent shahridagi №13-poliklinika xirurgiya boʼlimi mudiri boʼlib ishlagan. 1990- yildan 1992- yilgacha II Toshkent Davlat tibbiyot instituti fakultet va gospital jarrohlik kafedrasida klinik ordinaturani oʼtagan. 1992- yildan 1993- yilgacha II Toshkent Davlat tibbiyot instituti II klinikasi qon tomir jarrohligi boʼlimi mudiri sifatida ishlagan. 1993- yildan 2002- yilgacha kafedra assistenti, 2002- yildan 2005- yilgacha katta oʼqituvchi, 2005- yildan boshlab Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.


Ирназаров Акмал Абдуллаевич

Irnazarov Аkmal Аbdullaevich – professor, tibbiyot fanlari doktori.

akmal.irnazarov@tma.uz

Irnazarov А.А. 1980- yil 29 aprelьda Toshkent shaxrida tavallud topgan. 2003- yil 2 ToshDavTI «Umumiy amaliyot shifokori» mutaxassiligi boʼyicha tamomlagan. 2003- yildan 2006- yilgacha TTА fakulьtet va gospital jarrohlik kafedrasi bazasida «qon-tomir jarrohligi» yoʼnalishida magistraturani oʼtagan.  25 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 2008- yilda akademik Sh.I. Karimov raxbarligida “Oyoq arteriyalari ishemiyasida elektroneyrostimulyatsiyaning oʼrni va mavqei” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.  2015- yilda akademik Sh.I. Karimov raxbarligida “Surunkali bosh miya qon aylanishi yetishmovchiligi bor boʼlgan bemorlarni tashxislash va jarroxlik davosini mukamallashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.
Аsosiy ilmiy-tadqiqot yoʼnalishlari: qon-tomir jarroxligi.


Маткулиев Ўткирбек ИсмаиловичMatkuliev Oʼtkirbek Ismailovich –  tibbiyot fanlari doktori.

utkirbek.matquliev@tma.uz

Matkuliev Oʼ.I. 1980- yil 29 martda Xorazm viloyatida tavallud topgan. 2004- yil 2 ToshDavTI «Umumiy amaliyot shifokori» mutaxassiligi boʼyicha tamomlagan. 2004- yildan 2007 yilgacha TTА fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi bazasida «Umumiy jarrohlik» yoʼnalishida magistraturani oʼtagan. 2007- yilda «Oshqozon osti bezi boshcha qismi usmasi mavjud bemorlarda jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2009- yilda akademik Sh.I. Karimov rahbarligida «Portal gipertenziya bilan kasallangan bemorlarni kompleks endovaskulyar davolashda uzoq muddatli intraportal kateter davolashning roli» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
Аsosiy ilmiy-tadqiqot yoʼnalishlari: abdominal jarrohlik, endoskopik jarrohlik, portal gipertenziya.


Каримов Махмуд РустамовичKarimov Maxmud Rustamovich –dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi.

mahmud.karimov@my.tma.uz

Karimov M.R. 1974- yil 28 martda Toshkent shahrida tugʼilgan. 1991- yilda Toshkent shahridagi №134 oʼrta maktabni tamomlagan. 1993 yil 2 ToshMI davolash fakultetiga oʼqishga kirib 2000- yil tamomlagan. 2000- yildan 2003-yilgacha “Umumiy jarrohlik” yoʼnalishi boʼyicha magistraturada oʼqigan. 2003- yildan 2004- yilgacha bir kunlik xirurgik statsionarda ishlagan, keyinchalik abdominal jarrohlik boʼlimida ishlagan. 2004- yil sentyabrdan hozirgi kungacha shu kafedra assistenti, dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda, 2006-2014 yillarda TTА rektor yordamchisi lavozimida ishlagan.


Халиков Сарвар ПулатовичXalikov Sarvar Pulatovich – katta oʼqituvchi, tibbiyot fanlari doktori.

sarvar.xalikov@tma.uz

Xalikov S.P. 1976- yil 21 dekabrda Toshkent shahrida tugʼilgan. 2000- yil 2 ToshMI “Davolash ishi” yoʼnalishini tugatgan. 2000- yildan 2003- yilgacha 2 ToshDavTI fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi bazasida magistraturani oʼtagan. 2003- yildan beri kafedra assistenti hisoblanadi. 2008- yil professor Krotov N.F. rahbarligi ostida «Spontan pnevmotoraksni jarrohlik yoʼli bilan davolash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Ilmiy faoliyatining asosi – torakal va shoshilinch jarrohlik.


Сахибоев Дилшод ПарпижалиловичSaxiboev Dilshod Parpijalilovich – kafedra katta o’qituvchisi, tibbiyot fanlari doktori.

dilshod.saxiboev@tma.uz

Saxiboev D.P. 1977- yil 17 iyunda Namangan viloyatida tugʼilgan. 2002- yil 2 ToshDavTI «Davolash ishi» yunalishini tamomlagan. 2002 -yildan 2005- yilgacha TTА fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi bazasida «Yurak-qon tomir jarrohligi» mutaxassisligi boʼyicha magistraturani tamomlagan. 2005- yildan hozirgacha fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.
2009 yil professor Tursunov B.Z. rahbarligi ostida «Vazorenal gipertenziyani jarrohlik va rentgen-endovaskulyar davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.


Beknazarov Ilxomjon Rustamovich – kafedra assistenti.

Саттаров Ойбек ТохировичSattarov Oybek Toxirovich – kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari doktori.

oybek.sattarov@tma.uz

Sattarov O.T. 1984- yil 13 yanvarda Qashkadaryo viloyatida ishchi oliasida tugʼilgan. 2007- yilda Toshkent Tibbyot Аkademiyasini “umumiy amaliyot shifokori” mutaxassiligi boʼyicha tamomlagan. 2008- yildan 2010- yilgacha «umumiy xirurgiya» boʼyicha magistraturada oʼqigan. 2010- yildan 2012- yilgacha TTА Markaziy Ilmiy Laboratoriyasida kichik ilmiy xodim vazifasida ishlagan. 2012- yildan beri bir kunlik xirurgik statsionarda jarrox vazifasida ishlaydi.
2014- yildan xozirgi kungacha kafedra assistenti, dotsenti lavozimlarida ishlaydi
V 2012- yilda professor Oxunov А.O. raxbarligida, fan nomzodi dissertatsiyasini yoqlagan, chov churralari sohasida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
30dan ortiq ilmiy publikatsiyalar, 8 ratsionalizator taklif va 2 ixtiro muallifi.
sosiy ilmiy-tadqiqot yoʼnalishlari: abdominal kaminvaziv jarrohlik.

 


Payzieva Dilrux Sunnatillo qizi

Kafedra assistenti

2021-yil Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi
2023 yil N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy tadqiqot tibbiyot universiteti Rentgenendovaskulyar diagnostika va davolash usullari mutaxassisligi boʼyicha klinik ordinatura

2023-yildan  hozirgi kungacha kafedra assistenti

 

[otw_shortcode_button href=»http://surgery.med.tma.uz/uz/about-us-uz/faculty-staff-uz/tsay-viktoria-eduardovna-uz/» size=»medium» icon_type=»general foundicon-address-book» icon_position=»right» shape=»round»]Батафсил[/otw_shortcode_button]