Umumiy ma’lumot

Abdominal jarroxlik bo‘limi 1979-yil Toshkent davlat tibbiyot oliygoxi klinikasi qoshida tashkil etilgan, bu bo‘lim negizida oshqozon-ichak tizimi va jigar bo‘limlari faoliyat yuritgan. 2017-yildan boshlab abdominal jarroxlik bo‘limi va shoshilinch ko‘krak qafasi va qon-tomir jarroxlik bo‘limlari birlashib, 30 ta o‘rin joyga mo‘ljallangan torakoabdominal jarroxlik bo‘limi tashkil etilgan. Bo‘lim 1-bino 2-qavatida chap qanotda joylashgan.

Torakoabdominal jarroxlik bo‘limining asosiy ish faoliyatlari ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari faoliyati buzilishining profilaktikasi, erta tashxislash va davolashdan iborat. Torakoabdominal jarroxlik bo‘limida ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari faoliyati kasalliklari  bo‘lgan bemorlarga maxsus tibbiy yordam ko‘rsatiladi, shuningdek, bu kasalliklarning profilaktikasi olib boriladi. Bo‘limdagi shifokorlar, shuningdek, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i f’zolari kasalliklarini  tashxislash va davolashda eng yangi tibbiy texnologiyalarni ishlab chiqish, kiritish va amaliyotda qo‘llash ishlari bilan shug‘ullanadilar.

Bo‘lim ko‘p tarmoqli xirurgik shifoxona qoshida joylashgan bo‘lib, u shifoxonaning va tibbiyot akademiyasining material-texnik bazasiga asoslanadi, shuning uchun bo‘lim shifokorlari tibbiy xizmatning barcha turlarini ko‘rsata oladilar.  Bundan tashqari, bo‘limda bemorlar  zarur bo‘lgan barcha terapevtik va xirurgik mutaxassislar – kardiolog, nevropatolog, gastroenterolog, endokrinolog, pulmonolog, okulist, neyroxirurg, qon-tomir jarrox maslahatlarini olishlari mumkin.

Torakoabdominal jarroxlik bo‘limi №1-son xirurgik kasalliklar kafedrasining klinik bazasi hisoblanib, kafedra mudiri  tibbiyot fanlari doktori, professor M.Sh. Xakimov hisoblanadi.

 Bo‘limda davolash ishlari bo‘yicha ma’sul prof. M.Sh. Xakimov xisoblanadi.

Bo‘limga t.f.d.,  dotsent Sattorov O.T. raxbarlik qiladi.

t.f.d. prof. Berkinov U.B.

Bo‘lim mudiri J.Q. Dexqonov – birinchi toifali, mustaqil ilmiy izlanuvchi

ass. Fayziyev S.I., mustaqil ilmiy izlanuvchi

ass. Yakubov O.E.,mustaqil ilmiy izlanuvchi

ass. Kushiyev J.X. mustaqil ilmiy izlanuvchi

shifokor jarrox N.X Xoliyarov.,  UTT-shifokor Naimov O.A. ish olib boradilar.

Bo‘limda bitta hamshiralar posti, barcha muolajalar uchun kerakli jixozlar bilan ta’minlangan muolaja xonasi va bog‘lov xonalari mavjud. Bo‘limda bir, ikki va to‘rt o‘rinli palatalar, shuningdek, kondensioner, muzlatgich, televizor bilan ta’minlangan yuqori sifatli palatalar bor.

Davolash ishlari

Bu bo‘limda quyidagi a’zolar kasalliklari bilan bemorlar statsionar davo oladi:

  • Xirurgik (abdominal)– portal gipertenziya, jigar xajmli xosilalari, o‘t qopi va o‘t yo‘llari sistemasi kasalliklari, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari, oshqozon osti bezi kasalliklari, qizilo‘ngach kasalliklari, taloq kasalliklari. Shuningdek, qorin ichki va tashqi churralari, semizlik kasalliklari – bariatriya soxasi.
  • Xirurgik (torakal)–o‘pka kasalliklari, traxeya i bronx kasalliklari, qizilo‘ngach kasalliklari, diafragma kasalliklari, qalqonsimon bez kasalliklari, ko‘ks oralig‘i kasalliklari.
  • Onkologik – ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i va qorin orti bo‘shlig‘i onkologik kasalliklari.

Torakoabdominal jarroxlik bo‘limida tibbiy xizmatlar spektri:

– oshqozon va ichak kasalliklarining diagnostikasi va davosi;

– o‘t qopi va o‘t yo‘llari kasalliklarining diagnostikasi va davosi;

– jigar kasalliklarining diagnostikasi va davosi;

– taloq kasalliklarining diagnostikasi va davosi;

– qizilo‘ngach kasalliklarining diagnostikasi va davosi;

– o‘pka kasalliklarining diagnostikasi va davosi, torakoskopik kaminvaziv muolajalar;

– qalqonsimon bez kasalliklarining diagnostikasi va davosi;

-semizlik kasalligi diagnostikasi va xirurgik davolash, to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rgatish;

– sariqlik sindromi kasalliklarini diagnostikasi va xirurgik davolash, oshqozon osti bezi va jigar soxasi tizimi o‘smasining joylashishini aniqlash va xirugik davoni tanlash, kaminvaziv muolajalar qilish;

– portal gipertenziya sindromi diagnostikasi va xirurgik davolash, kaminvaziv endoskopik muolajalar qilish;

– shuningdek, Respublikaning boshqa klinikalarida va tibbiy muassasalarida qilinmaydigan yuqori malakali jarroxlik amaliyotlari – laparoskopik gernioplastika (TERR, TARR, IPOM), ChChXS – o‘t yo‘llari yuqori blok xolatlarida.

 

Bemorlarni shuningdek, somatik statusini baxolash va aniqlash maqsadida bemor tekshiriladi: ko‘krak qafasi rentgenogrammasi, elektrokardiogramma, exokardiografiya, ezofagogastroduodenoskopiya, ichki a’zolarni ultratovush tekshiriuvi va barcha qon umumiy va bioximik taxlillari, tekshiruvi  o‘tkaziladi.

Bo‘limda gemotransfuzion va plazmatransfuzion terapiya: qon va qon komponentlarini og‘ir bemorlarga quyish, hamda murakkab jarroxlik amaliyotlariga tayyorlash ishlari olib boriladi.

Shifokorlar o‘z ishida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan chiqarilgan standart tashxislash va davolash usullariga rioya qilishadi.

Bo‘limda bundan tashqari servis xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan: kir yuvish, og‘ir bemorlarga qarash, xamda bemorning hohishiga ko‘ra qo‘shimcha ovqatlanish. Bo‘lim sanitar normativlarga asoslangan xolda sifatli oqliklar bilan to‘liq ta’minlangan. Bemorlar dam olishi uchun bo‘limda qulay sharoitlar yaratilgan. Muolajalardan bo‘shagan vaqtda bemorlar bo‘lim xollarida televizor ko‘rish, turli xil kitoblar o‘qish uchun qulay sharoitlar mavjud.

Ilmiy konferensiyalar, sport ishlari va ma’naviy tadbirlardan fotolavhalar