O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI KO‘P TARMOQLI KLINIKASI

XIRURGIK MASLAHAT POLIKLINIKASI

Xirurgik maslaxat poliklinikasi  1994-yil Toshkent Tibbiyot Akademiya ikkinchi  klinikasi qoshida 1- maslaxat poliklinikasi nomi bilan tashkil etilgan. 2019-yildan boshlab Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Ko‘p tarmoqli klinikasi qoshida 1- maslaxat poliklirnikasi 2-maslaxat poliklinikasi bilan birlashib «Xirugik maslaxat poliklinikasi» nomi bilan ish faoliyatini davom ettirmoqda, 33ta o‘rin joyga mo‘ljallangan bo‘lib, TTA ko‘p tarmoqli klinikasining  5  binosida joylashgan.

Xirurgik maslaxat poliklinikasi asosiy ish faoliyatlari xirurgik kasalliklar profilaktikasi, erta tashxislash va davolashdan iborat. Xirurgik maslaxat poliklinikasida quyidagi mutaxasisliklar buyicha:

  • Qorin bo‘shlig‘i va ko‘krak qafasi jarroxi

  • Qon-tomir jarroxi

  • Terapevt

  • Endokrinolog

  • Oftalmolog

  • Travmatolog

  • Neyroxirurg

  • Stomatolog

  • Nevropatolog

  • Urolog

  • Kirapodist

bemorlarga ambulator tibbiy yordam ko‘rsatiladi, shuningdek, bu kasalliklarning profilaktikasi olib boriladi. Bo‘limdagi shifokorlar kasalliklarini  tashxislash va davolashda eng yangi tibbiy texnologiyalarni ishlab chiqish, kiritish va amaliyotda qo‘llash ishlari bilan shug‘ullanadilar.

Bo‘lim ko‘p tarmoqli xirurgik shifoxona koshida joylashgan bo‘lib, u shifoxonaning material-texnik bazasiga asoslanadi, shuning uchun bo‘lim shifokorlari tibbiy xizmatning barcha turlarini ko‘rsata oladilar.

Xirurgik maslaxat poliklinikasida barcha turdagi labarator tekshirurlar, UZI, Dopler, Dupleks Rentgen tekshiruvlari (kontrastli va kontrastsiz),  MSKT tekshirurlari amalga oshiriladi. Shuningdek bemorlar ambulator davo muolajalarini olishlari uchun shart sharoitlar xam yaratilgan.

Bulimda  fizioterapiya xonasi tashkil etilgan bulib, bemorlarga UVCh, Amplipuls, Darsonval, Elektroforez, Ultratovush, Magnit terapiya muolajalari, LFK, kattalar va bolalar massaji muolajalari o‘tkaziladi.