TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI KO‘P TARMOQLI KLINIKA SHOSHILINCH JARROXLIK BO‘LIMI.
Toshkent tibbiyot akadmiyasi ko‘p tarmoqli klinika shoshilinch jarroxlik bo‘limi 45 o‘rindan iborat bo‘lib ulardan barchasi byudjet xisobidagi o‘rinni tashkil etadi. Bo‘lim 1 korpus 5-qavatda joylashgan. Bo‘limda jami 59 xodim faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 4 ta shifokor, 22 xamshira, 33 kichik tibbiyot xodimlar.
Bo’lim xodimlari:
Ustozimiz: prof:Xakimov M.Sh.
Bo‘lim raxbari: Karimov M.R.
Bo‘lim mudiri: Ashurov Sheroz Ermatovich.
Shifokorlar: Bo‘taev Laziz Abdusattorovich
Jumaev Aziz Ashirmatovich.
Bobojonov Oybek
Bo‘lim tarixi.
Bo‘lim tarixi yiringli jarroxlik bo‘limi bo’lib 1987 yili 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti klinikasi tarkibida ochilgan.
Bo’lim ochilgandan beri, bo’limda 1-son fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi faoliyat yuritadi, xozirda kafedra mudiri Professor Xakimov M.Sh., bulim mudiri lavozimida esa t.f.n. Ashurov Sh.E. faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Bo’lim ko‘rinishi.
Shoshilinch jarroxlik bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi o’quv bazasi xisoblanadi. Bo’limga keladigan talabalar 1-4-5 boskich talabalaridir. Bo’limda asosan shoshilinch qorin bo’shlig’i, ko’krak qafasi va qon tomirlar kasalliklari bilan kasallangan bemorlar davolanadi. Xozirgi paytda bo’limda ko’plab laparoskopik, torakoskopik, endoskopik va yana boshqa kam invaziv jarroxlik amaliyotlari olib borilmoqda.
Bo’limda 2013yy. tibbiyot fanlari doktori, professor Murod Shavkatovich Xakimov, 2007 yil tibbiyot fanlar doktori, 2011 yildan professor, 2012 yildan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmokdalar. Professor 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Bundan tashqari 7 ta monografiya, 11 ta ixtiro muallifi. 4 ta doktorlik 10 ta nomzodlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilgan.
Shoshilinch jarroxlik bo‘limi faoliyati
Bo‘limning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, mintaqa sog‘liqni saqlash boshqarmasining normativ-huquqiy hujjatlariga, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinika bosh vrachining qarorlariga, ushbu Nizomga, ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shoshilinch jarroxlik bo‘limi TMA ko‘p tarmoqli klinikasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
– Shoshilinch jarroxlik kasalliklariga chalingan bemorlarga shoshilinch ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
– Shoshilinch jarroxlik bo‘limi quvvati – talabdan va tibbiyot muassasasining quvvatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Bo‘limning tuzilmasi hamda tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning shtatdagi soni tavsiya qilinadigan shtat normativlari hisobga olingan holda olib boriladigan davolash-diagnostika ishlari hajmidan va xizmat ko‘rsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib tarkibida bo‘lim tashkil etilgan tibbiyot tashkiloti rahbari tomonidan belgilanadi.
Bo‘limda 3 ta vrach-jarroxning kechayu kunduz navbatchilik qilishi ta’minlanadi.
Bo‘limning vazifalari:
-Qorin bo‘shlig‘i, ko’krak qafasi va qon-tomir shoshilinch jarroxlik kasalliklariga chalingan bemorlarga ixtisoslashtirilgan shoshilinch konservativ va operativ tibbiy yordam ko‘rsatish.
– Klinikaning ixtisoslashtirilgan bo‘limlari vrachlariga shoshilinch kasalliklar diagnostikasi va davolashida maslahat berish.
-Bemorlarni tekshirish, tashxis qo‘yish va davolashda paraklinik bo‘limlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va uzviylikni ta’minlash.
– Shoshilinch jarroxlik kasalliklarini differensiyalashtirilgan zamonaviy davolash usullarini o‘zlashtirish va ushbu usullarni viloyatlar miqiyosida joriy etish.
-Hisobga olish va hisobot hujjatlarini yuritish, belgilangan tartibda faoliyat to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish, yuritilishi qonunchilikda nazarda tutilgan registrlar uchun ma’lumotlar to‘plash.
Shoshilinch jarroxlik kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni shifoxonaga yotqizish bo‘yicha ko‘rsatmalar:
-
O’tkir apppenditsit va uning asoratlari
-
Qorin churrasi asoratlari;
-
O’t-tosh kasalliklari, o’tkir xuruji va uning asoratlari;
-
Peritonitlar;
-
Yara kasalligining urgent asoratlari
-
O‘tkir ichak tutilishi;
-
Yopiq va ochiq travmalar;
-
O‘tkir venoz va arterial trombozlar va asoratlari;
-
Ko’krak kafasi shoshilinch kasalliklari
-
Kesilgan sanchilgan jaroxatlar
-
Jigar sirrozi asoratlari
Bo‘limda olib boriladigan tadbirlardan lavxalar